«Barselona»ning yangi a'zosi Karim Adeyemi o'z jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

«Shaxsan Yamal bilan hali tanish emasmiz, ammo uning o'yini hamma narsani aytib turibdi. U ajoyib futbolchi, unda hamma narsa bor. Biz maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunib o'ynay olamiz. U gol uradi va raqiblarni aldaydi, men esa ochilishni va uzatmalarni qabul qilib olishni yaxshi ko'raman», — deydi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Yamal Ispaniya terma jamoasi safida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tgan JCh-2026 g'olibiga aylandi.

Manba: Stadion.uz