Dortmundning «Borussiya» klubi qanot hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona»ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Shuningdek, 24 yoshli vinger kataloniyaliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Adeyemi transferi haqida 18 iyul, shanba kuni e'lon qilinishi rejalashtirilgan. Shu kuniyoq nemis futbolchisi «ko'k-anorranglilar» safida ilk mashg'ulotini o'tkazishi mumkin. Biroq futbolchining rasmiy taqdimoti «Barselona» rahbariyati AQShdan qaytganidan so'ng, ya'ni kelgusi haftadan oldin bo'lib o'tmaydi.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Adeyemi uchun 22 million evro va 7 million evro bonuslar ko'rinishida to'laydi.

Manba: Stadion.uz