"Adeyemi" "Barsa"ga qanchaga tushdi?

Ispaniyaning «Barselona» klubi Germaniyaning «Borussiya» Dortmund jamoasiga hujumchi Karim Adeyemi transferi uchun taxminan 30 million evro to'laydi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubidan Karim Adeyemi 5 yillik shartnoma asosida o'tganini tasdiqladi. Transfer summasi 22 million evro va bonuslarni tashkil etadi. Bitmning umumiy qiymati — taxminan 30 million evro», — deb yozdi Jeykobs.
Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 24 yoshli Karim Adeyemi 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 9 ta o'yin, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar