Adani: "Pley-off bezovta qilmaydi"

Italiyalik sobiq futbolchi Daniele Adani o'z uyida norvegiyaliklardan naqd to'rtta to'p o'tkazib yuborgan Italiya terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi. Adani pley-off o'yinlari natijasidan xavotirda emas va "skuadra adzurra"ni mundialda ko'rishiga ishonmoqda, ammo uni jamoaning holati tashvishga solmoqda.
"Pley-off o'yinlari bizni xavotirga solmaydi, chunki u erda kuchli terma jamoalarga duch kelmasligimiz kerak. Jamoaning formasi xavotirga solmoqda. Biz juda zaifmiz va raqib taklif qilayotgan o'zgarishlarga javob bera olmaymiz, bu Norvegiya bilan o'yinda ko'rindi", - deya Adani so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Evro-2024 musobaqasida ham xuddi shunday manzara kuzatilgandi - qiyinchilik bilan turnirga yo'l olgan Italiya terma jamoasi uni muvaffaqiyatsiz yakunlagandi.