Abramovichga tahdid qilishdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keyr Starmer agar "Chelsi" futbol klubini sotishdan tushgan mablag' Ukrainaga o'tkazilmasa, Roman Abramovichni sudga berish bilan tahdid qildi.
"Chelsi" futbol klubi 2022 yil may oyida 2,34 milliard funt sterlingga sotilgan, ammo Abramovich sanktsiyalar tufayli pulni tasarruf eta olmaydi. Mablag'lar maxsus hisobda muzlatilgan. Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari pullarning Ukrainaga o'tkazilishini talab qilmoqda.
Starmer parlamentga mablag'lar Ukraina uchun yangi fondga o'tkazilishini aytdi. Uning ta'kidlashicha, ushbu mablag'larni o'tkazishga litsenziya berish uchun Abramovichga so'nggi imkon beriladi.