"Barselona"ning sobiq futbolchisi Erik Abidal dahshatli mish-mishlarga munosabat bildirdi. Avvalroq internetda uning o'limi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

"Ba'zi mish-mishlarga o'rin bo'lmasligi kerak. Men shu erdaman, oilam bilan birga – hammasi joyida. Hurmat – asosiy kalit. Men yaxshi ahvoldaman, tirik va sog'man. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman. Keling, chindan ham muhim bo'lgan narsalarga e'tiborimizni qarataylik", - deya Abidal ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

2011 yilda Abidalda xavfli o'sma aniqlangan edi. Frantsiyalik futbolchiga jigar ko'chirib o'tkazish operatsiyasini boshdan kechirish majburiyati tug'ilgan.