"Manchester Siti" 25 aprel, shanba oqshomida Angliya kubogi yarim finalida "Sautgempton"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Ushbu bahs "Uembli" stadionida Toshkent vaqti bilan 21:15 da start oladi.

G'alaba orqali Pep Gvardiola shogirdlari mavsumdagi navbatdagi sovrin uchun katta qadam tashlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ikkinchi yarim final juftligida "Chelsi" "Lids" bilan to'qnash keladi.