Abduqodir Husanov Sky Sports talqiniga ko'ra APL tur ramziy jamoasiga kiritildi (foto)

Sky Sports telekanali Angliya Premer-ligasining 27-tur ramziy jamoasini e'lon qildi.
Ushbu tarkibdan hamyurtimiz Abduqodir Husanov ham o'rin oldi. 21 yoshli futbolchimiz "Manchester Siti" safida "Nyukasl"ga qarshi o'yinning (2:1) ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushib, ishonchli o'yin o'tkazgan edi.
