Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi (APL)da to'p tepadigan himoyachilarning transfer qiymatlarini yangiladi.

Unga ko'ra, «Manchester Siti» klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abduqodir Husanovning bozor qiymati 50 million evroga etdi. Bungacha hamyurtimizning transfer bahosi 35 million evroni tashkil etayotgan edi.

Ushbu o'sish evaziga Husanov APLning markaziy himoyachilari orasida 16-o'ringa ko'tarilib oldi. Shuningdek, 22 yoshli futbolchi ushbu ko'rsatkich bilan Osiyoning ayni paytdagi eng qimmatbaho o'yinchisiga aylandi.