FIFA tomonidan taqdim etilgan rasmiy statistikaga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Jahon chempionatida harakat qilgan futbolchilar orasida eng tezkorlaridan biri bo'ldi.

Husanov turnir davomida soatiga 36,46 kilometr tezlikni qayd etib, musobaqaning eng yuqori tezlikka erishgan futbolchilari reytingidan joy oldi. Ushbu ko'rsatkich bilan o'zbekistonlik himoyachi 6-pog'onani band etgan bo'lsa, himoyachilar o'rtasida 3-o'rinni egalladi.

JCh—2026 ning eng tezkor futbolchilari reytingi:​​

Kilian Mbappe (Frantsiya) — 37,61 km/soat

Entoni Elanga (Shvetsiya) — 37,16 km/soat

Mikki van de Ven (Niderlandiya) — 36,77 km/soat

Jordan Bos (Avstraliya) — 36,67 km/soat

Erling Holand (Norvegiya) — 36,52 km/soat

Abduqodir Husanov (O'zbekiston) — 36,46 km/soat

Bredli Barkola (Frantsiya) — 36,32 km/soat

Jed Spens (Angliya) — 36,22 km/soat

Teo Ernandes (Frantsiya) — 36,17 km/soat

Nelson Semedu (Portugaliya) — 35,90 km/soat.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRga qarshi o'yin o'tkazib, barchasida mag'lubiyatga uchragan edi. Abduqodir Husanov mazkur uchrashuvlarning hammasida ishtirok etgan.

Manba: Stadion.uz