«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Britaniyaning mashhur Sky Sports nashri tomonidan yuqori e'tirofga sazovor bo'ldi.

Ekspertlarda, ayniqsa, futbolchining Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ga qarshi ko'rsatgan o'yini katta taassurot qoldirdi:

«O'z pozitsiyasiga qaytishda aql bovar qilmas tezlik namoyish etdi. U Dyokereshga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Husanov tez fursatda Premer-liganing yakkama-yakka vaziyatlardagi eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda», — deb yozadi nashr.

Joriy mavsumda 22 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.