«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov o'z pozitsiyasida Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida eng yaxshi ko'rsatkichlardan birini qayd etmoqda.

22 yoshli o'zbekistonlik markaziy himoyachi har o'yinga o'rtacha 1.12 ta muvaffaqiyatli to'pni olib qo'yish (otbor) ko'rsatkichi bilan ligada peshqadam bo'lib turibdi.

Bu borada keyingi o'rinlarni quyidagi futbolchilar egallagan:

- Kristoffer Aer («Brentford») — 0.96;
- Kristian Romero («Tottenxem») — 0.94;
- Trevo Chaloba («Chelsi») — 0.85;
- Markos Senesi («Bornmut») — 0.84.

Husanovning bu natijalari uni nafaqat «Manchester Siti», balki butun Premer-ligadagi eng ishonchli himoyachilardan biriga aylantirayotganini ko'rsatmoqda.

Manba: stadion.uz