Abduqodir Husanov — APLda tengsiz!

Angliya Premer-ligasida to'p surayotgan ilk o'zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov kuchli beshlik chempionatlarida o'z so'zini aytishda davom etmoqda. Ayni damda u raqib futbolchilarining pasini kesib qo'yish (interceptions) bo'yicha liganing eng yaxshi ko'rsatkichiga ega bo'lib turibdi.
Tahlillarga ko'ra, Husanov har o'yinda o'rtacha 2.30 ta uzatmani manzilga etib bormasidan avval to'xtatib qolmoqda. Bu borada u APLning ko'plab yulduzlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
-
Abduqodir Husanov — 2.30 (har o'yindagi o'rtacha ko'rsatkich);
-
Vitali Jenilt («Brentford») — 2.10;
-
Moyzes Kaysedo («Chelsi») — 2.0;
-
Manuel Ugarte («Manchester Yunayted») — 2.0.