Abbosbek Fayzullaev Kuvaytga qarshi o'yinda jarohat olgani ma'lum bo'ldi

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Kuvaytga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Fayzullaev Urugvayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.
"Futbolchimizga sog'lik tilaymiz" - deyiladi O'FAning rasmiy bayonotida.