O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Kolumbiya darvozasiga urgan tarixiy goli haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, Fayzullaev mamlakat tarixida jahon chempionati final bosqichida gol urgan ilk futbolchiga aylangan edi.

— Avvalo, gol bilan tabriklaymiz.
— Rahmat, katta rahmat.

— Gol urilgan vaziyat haqida gapirib bersangiz.
— Hujum qilayotgan paytimizda gol urish mumkinligini his qildim. O'ylashimcha, kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo'ldim, — dedi Fayzullaev.

Manba: Stadion.uz