Abbos Fayzullaev mundialda XXI asr rekordchisiga aylandi

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi raqib darvozasini bosh bilan ishg‘ol qildi va shu orqali Jahon chempionatlari tarixida XXI asrning eng past bo‘yli futbolchisi sifatida bosh bilan gol urgan o‘yinchiga aylandi.
“Opta Sports” statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, Fayzullaevning bo‘yi 167 santimetrni tashkil etadi. Bu esa uni zamonaviy mundiallar tarixidagi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi sifatida qayd etilishiga sabab bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, avvalgi rekord uzoq saqlanmadi. U bir kun avval Portugaliya terma jamoasi a’zosi Joau Neveshga tegishli bo‘lib, u Kongo DR darvozasiga bosh bilan gol urgan va bo‘yi 174 santimetr ekani qayd etilgandi.
Shu tariqa, Abbos Fayzullaev o‘z nomini Jahon chempionati tarixiga yana bir b