A Seriyaning sobiq klubi javobgarlikka tortiladi

To'rt yil avval A Seriyada o'ynagan “Krotone” klubi mafiya bilan bog'liq muammolar tufayli javobgarlikka tortiladi, deya xabar beradi The Guardian.
Manbaga ko'ra, politsiya mafiyaning jamoa ishlariga aralashuviga oid etarli dalillarni to'plagan. Seshanba kuni qabul qilingan qaror klubning sport faoliyatini davom ettirishi, ammo sud tomonidan tayinlangan ma'murlar nazorati ostida bo'lishini anglatadi.
Mafiyaning Italiya futboliga kirib borishi, jumladan, chipta savdosi bilan shug'ullangani hammaga ma'lum.