Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Sesar Palasios faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Insayder Janluka di Martsio xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi uchun kurashda «Komo» va «Udineze» ishtirok etmoqda.

Taxminlarga ko'ra, bitimga xuddi Nikolas Pas transferida bo'lgani kabi, arzon narxda qaytarib sotib olish optsiyasi kiritiladi.

Sesar Palasios o'tgan mavsumda «Qirollik klubi»ning asosiy tarkibida ettita o'yinda maydonga tushdi. «Real»ning o'rinbosarlar jamoasi — «Kastilya» safida esa u 36 ta o'yinda 16 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. «Transfermarkt» sayti futbolchini 6 million evroga baholamoqda.