«Milan» derbidagi g'alabasi evaziga «Inter» bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.

Massimiliano Allegri shogirdlari 28-turda «neradzurrilar»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvga qadar «Milan» hisobida 57 ochko, «Inter»da esa 67 ochko mavjud edi. Endilikda jamoalar o'rtasidagi farq 7 ochkogacha kamaydi.

«Napoli» 56 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. «Komo» va «Roma» jamoalari 51 ochkodan jamg'arishgan bo'lsa, «Yuventus» hisobida 50 ochko mavjud.

Chempionat yakuniga qadar yana 10 ta tur qoldi.