Italiya chempionatida o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi nomi uchun 6 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda. Nomzodlar va ularning aprel oyidagi ko'rsatkichlari quyidagicha:

Markus Tyuram («Inter») — 4 o'yinda 5 ta gol va 2 ta golli uzatma.

Doniell Malen («Roma») — 4 o'yinda 4 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Nesta Elfege («Parma») — 3 o'yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatma.

Nikola Krstovich («Atalanta») — 4 o'yinda 2 ta gol.

Sebastyano Espozito («Kalyari») — 4 o'yinda 2 ta gol.

Kennet Taylor («Latsio») — 4 o'yinda 2 ta golli uzatma.

Ayni damda «Inter» hujumchisi Markus Tyuram o'z ko'rsatkichlari bilan ushbu sovringa asosiy da'vogar bo'lib turibdi.