"Inter" jamoasi 27-turdan so'ng A Seriyada peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Kristian Kivu shogirdlari "Jenoa" ustidan g'alaba qozonib (2:0), o'z ochkolarini 67 taga etkazib olishdi.

Ulardan keyingi o'rinda "Kremoneze"ni mag'lub etgan (2:0) "Milan" bormoqda — "rossonerilar" peshqadamdan 10 ochko orqada. Kuchli uchlikni esa "Verona"dan ustun kelgan (2:1) "Napoli" yakunlab bermoqda, ular hisobida 53 ochko mavjud.

"Roma" jamoasi "Yuventus" bilan qayd etilgan 3:3 hisobidagi durang matn dan so'ng 51 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Lechche"ni mag'lub etgan (3:1) "Komo" esa 48 ochko bilan beshinchi pog'onani egallab turibdi.

"Yuventus" 47 ochko bilan oltinchi o'rinda joylashgan. "Sassuolo"ga imkoniyatni boy bergan (1:2) "Atalanta" esa ettinchi o'rindan joy oldi — 45 ochko.

A Seriya Turnir Jadvali (27-turdan so'ng)

O'rin Jamoa O'yin G'alaba Durang Mag'lubiyat To'plar nisbati Ochko
1 Inter 27 22 1 4 64-21 67
2 Milan 27 16 9 2 43-20 57
3 Napoli 27 16 5 6 41-28 53
4 Roma 27 16 3 8 37-19 51
5 Komo 27 13 9 5 44-20 48
6 Yuventus 27 13 8 6 46-28 47
7 Atalanta 27 12 9 6 37-24 45
8 Sassuolo 27 11 5 11 34-36 38
9 Bolonya 26* 10 6 10 35-32 36
10 Latsio 27 8 10 9 26-27 34