"Yuventus" Italiya chempionatining 16-turida o'z maydonida "Roma"ni mag'lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning 44-daqiqasida mezbonlarning portugaliyalik hujumchisi Fransishku Konseysau hisobni ochdi. 70-daqiqada belgiyalik forvard Loi Openda hisobdagi farqni oshirdi. 76-daqiqada mehmonlar safida italiyalik yarim himoyachi Tommazo Baldantsi gol urdi.

"Yuventus" Italiya chempionati turnir jadvalida 16 uchrashuvdan keyin 29 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda, jamoa barcha turnirlarda ketma-ket uchta g'alabaga erishgan. "Roma" (16 o'yindan keyin 30 ochko) ketma-ket ikki g'alabadan so'ng mag'lubiyatga uchrab, to'rtinchi o'rinda.

A Seriyaning navbatdagi turida "Yuventus" 27 dekabr kuni "Piza" mehmoni bo'ladi. "Roma" 29 dekabr kuni "Jenoa"ni qabul qiladi.

A Seriya. 15-tur

21 dekabr, 00:45

Yuventus - Roma - 2:1

Gollar: Konseysau, 44 (1:0). Openda, 70 (2:0). Baldantsi, 75 (2:1)

Yuventus: Di Gregorio, Bremer (Rugani, 61), Kelli, Kalyulyu, Lokatelli, Tyuram, Kambyaso (Kostich, 89), Makkenni, Konseysau (Jegrova, 61), Kenan Yildiz (Miretti, 89), Openda (David, 82)

Roma: Svilar, Tsiolkovski, Rench, Manchini, Kristante, Kone, Uesli Vinisius, Zeki Chelik, Pellegrini (Beyli, 53, El-Shaaravi, 73), Soule (Baldantsi, 56), Dibala (Fergyuson, 56)

Ogohlantirishlar: Konseysau, 24. Makkenni, 86 - Soule, 21. Kone, 65. Kristante, 84

Manba: www.stadion.uz.