A Seriya 21-turida "Yuventus" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, 3:0 hisobida yirik g'alabani tantana qildi.

"Byankonerilar" safida Jonatan Devid, Kenan Yildiz va Filipp Kostich gollarga mualliflik qilishdi.

"Yuventus" 42 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. "Napoli" 43 ochko bilan 3-pog'onada.

Yuventus - Napoli - 3:0

Gollar: Devid, 22 (1:0). Kenan Yildiz, 77 (2:0). Kostich, 86 (3:0)

Yuventus: Di Gregorio, Kambyaso (Kostich, 60), Kelli, Bremer, Kalyulyu, Lokatelli (Kopmeyners, 88), Tyuram, Kenan Yildiz (Gatti, 88), Makkenni, Konseysau (Kabal, 60), Devid (Miretti, 77)

Napoli: Meret, Juan Jezus, Buondjorno, Di Lorentso, Spinatstsola, Maktominay, Lobotka, Guterres (Bekema, 74), Elmas (Djovane, 70), Xyoylund, Vergara (Lukaku, 79)

Ogohlantirishlar: Kenan Yildiz, 57 - Juan Jezus, 34. Vergara, 73

Manba: www.stadion.uz.