Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi 11-turidan o'rin olgan «Yuventus» — «Torino» derbisi yakunlandi. Bellashuv Turin shahridagi «Alyants» stadionida bo'lib o'tdi. O'yin golsiz durang bilan tugadi — 0:0.

Shu tariqa, Luchano Spalletti rahbarligidagi uchinchi uchrashuvida «Yuventus» 19-ochkoni qo'lga kiritdi. «Keksa sinora» hozircha jadvalda beshinchi o'rinni egallab turibdi. Marko Baroni shogirdlari — «Torino» esa 11-turdan so'ng 14 ochko bilan 11-o'rinda joylashgan.

Italiya — A Seriya. 11-tur
8 noyabr 2025 yil, shanba.
Turin, «Allyants» stadioni
Yuventus — Torino 0:0

Manba: stadion.uz