A Seriya rasmiy saytida 2026/2027 yilgi mavsum uchun o'yinlar taqvimi e'lon qilindi. Keling, Italiya keyingi chempionatining dastlabki turida qaysi jamoalar o'zaro to'qnash kelishini ko'rib chiqamiz.

A Seriya, 1-tur juftliklari:

  • "Atalanta" - "Sassuolo";

  • "Bolonya" - "Latsio";

  • "Frozinone" - "Yuventus";

  • "Djenoa" - "Napoli";

  • "Inter" - "Montsa";

  • "Parma" - "Kalyari";

  • "Roma" - "Fiorentina";

  • "Torino" - "Milan";

  • "Udineze" - "Komo";

  • "Venetsiya" - "Lechche".

Italiya chempionati birinchi tur uchrashuvlarining asosiy kuni etib 23 avgust belgilangan.

A Seriyaning yangi mavsumidagi dastlabki yirik to'qnashuvlar 3-turga to'g'ri keladi. Ushbu tur o'zida uchta intrigaga boy bahsni jamlaydi: "Yuventus" - "Milan", "Inter" - "Napoli" va "Roma" - "Atalanta".