A Seriya 7-turida "Torino" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin taqdirini Jovanni Simeonening 32-daqiqada kiritgan goli hal qildi. U aynan "Napoli"ga tegishli va hozirda turinliklar safida ijarada o'ynamoqda.

"Napoli" 15 ochko bilan 2-o'rinda. "Torino" 8 ochko bilan 13-pog'onada.

A Seriya, 7-tur

18 oktyabr, shanba, 21:00

Torino - Napoli - 1:0

Gol: Simeone, 32 (1:0)

Torino: Israel, Maripan, Koko, Tamez, Kazadei, Aslani (Ismayli, 84), Nkunku (Biragi, 75), Pedersen, Vlashich (Gineytis, 75), Simeone (Ngonge, 62), Adams (Sapata, 84)

Napoli: Milinkovich-Savich, Juan Jezus (Buondjorno, 64), Bekema, Olivera (Lang, 63), Di Lorentso, Gilmor (Elmas, 82), De Breyne, Zambo Angissa, Spinatstsola, Neres (Politano, 74), Lukka (Ambrozino, 74)

Ogohlantirishlar: Israel, 47 - Juan Jezus, 10. Lang, 90

Manba: www.stadion.uz.