Italiya chempionatining 14-turida "Roma" safarda "Kalyari"ga yutqazdi - 0:1.

Gol 82-daqiqada yarim himoyachi Janluka Gaetano tomonidan kiritildi. Rimliklar 52-daqiqadan boshlab himoyachi Zeki Chelikning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo'lib o'ynadi.

"Roma" A Seriyada ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. Jan-Pero Gasperini jamoasi 27 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.

"Kalyari" chempionatdagi 9 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga (5 mag'lubiyat va 4 durang) barham berdi. Jamoa ochkolarini 14taga etkazib, 14-o'ringa ko'tarilib oldi.

A Seriya. 14-tur

7 dekabr, 19:00. «Unipol Domus» (Kalyari)

Kalyari - Roma - 1:0

Gollar: Gaetano, 82 (1:0)

Kalyari: Kaprile, Rodriges, Luperto, Dzappa (Gaetano, 69), Adopo, Deyola, Folorunsho (Di Pardo, 90+2), Obert (Idrissi, 77), Palestra (Semix Kiiliichsoy, 90+2), Borrelli (Prati, 69), Espozito

Roma: Svilar, N`Dika, Ermoso, Manchini, Kristante (El-Aynaui, 63), Kone, Tsimikas (Gilardi, 73), Zeki Chelik, Pellegrini (Fergyuson, 63), Soule (Dibala, 63), Baldantsi (Rench, 53)

Ogohlantirishlar: Folorunsho, 78. Gaetano, 83 - Ermoso, 78

Chetlatish: Zeki Chelik, 52

Manba: www.stadion.uz.