Italiya A Seriyasining 3-turida "Roma" o'z maydonida "Torino"ga yutqazib qo'ydi - 0:1.

Yagona gol 59-daqiqada Jovanni Simeone tomonidan kiritildi.

"Roma" (6) Jan Pero Gasperini qo'l ostida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi va A Seriyada to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Torino" (4) mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi va turnir jadvalida ettinchi o'ringa ko'tarildi.

Roma - Torino - 0:1
14 sentyabr, 15:30, «Olimpiko»

Gol: Simeone, 59 (0:1)

Roma: Svilar, Manchini, N`Dika, Ermoso (Zeki Chelik, 79), Kristante (Pizilli, 65), El-Aynaui (Baldantsi, 46), Kone, Anxelino (El-Shaaravi, 79), Uesli Vinisius, Soule, Dibala (Fergyuson, 46)

Torino: Israel, Maripan, Koko, Ismayli, Kazadei (Ilich, 65), Aslani (Tamez, 80), Biragi, Lazaro, Vlashich (Andjorin, 84), Ngonge (Abuxlyal, 65), Simeone (Adams, 65)

Ogohlantirishlar: Uesli Vinisius, 53. Anxelino, 77 - Aslani, 32. Ismayli, 35. Abuxlyal, 81

Manba: www.stadion.uz.