A Seriya. «Roma» o'z maydonida «Verona»ni engib, 2-o'ringa ko'tarildi

Italiya chempionatida 5-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi.
“Roma» o'z maydonida “Verona”ni 2:0 hisobida engdi. Rimliklar safida gollar Artyom Dovbik va Matias Soule hisobiga yozildi.
Natijada “Roma” ochkolarini 12taga etkazib, 2-o'ringa ko'tarildi. “Verona” 3 ochko bilan 16-pog'onada.
A seriya. 5-tur. 28 sentyabr
Roma — Verona 2:0
Gollar: Dovbik (7), Soule (79).