Italiya chempionatining 30-turi doirasida «Roma» o'z maydonida «Lechche» jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv «Olimpiko» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yindagi yagona golga 57-daqiqada Robino Vaz mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Roma» o'z ochkolarini 54 taga etkazib oldi va A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. «Lechche» esa 27 ochko bilan 18-pog'onada bormoqda.

Italiya A Seriyasi. 30-tur
22.03.2026 | 22:00
«Olimpiko», Rim

«ROMA» — «LEChChE» — 1:0
Gol: Joau Vaz 57 (1:0).

«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso, Manchini (Gilardi, 46), Kristante, El-Aynaui (Vaz, 51), Tsimikas (Anxelino, 75), Rench, Pellegrini (Venturino, 79), Pizilli, Malen (Arena, 75).

«Lechche»: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo, Veyga, Ramadani (Sala, 85), Ngom, Gandelman (Fofana, 61), Banda (N`Dri, 67), Perotti (Xelgason, 85), Shtulich (Cheddira, 61).

Ogohlantirishlar: Anxelino (77), Pizilli (89) — Perotti (81), Veyga (90).

Manba: www.stadion.uz.