"Atalanta" Italiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 1:0.

Yagona golni o'yinning 12-daqiqasida himoyachi Jorjio Skalvini kiritdi. Birinchi bo'lim oxirida VAR ofsayd sabab Janluka Skamakkaning golini bekor qildi.

"Atalanta" ochkolarini 25taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarilib oldi. "Roma" esa 18 o'yinda 33 ochko to'plagan holda 5-pog'onaga tushib ketdi.

Atalanta - Roma - 1:0

4 yanvar, 00:45. Atleti Adzurri d'Italiya

Gol: Skalvini, 12 (1:0)

Atalanta: Karnesekki, Djimsiti, Kolashinats (Axanor, 26), Skalvini (Xin, 59), Ederson (Maldini, 72), de Ron, Bernaskoni, Dzappakosta, De Ketelare, Zalevski (Musa, 60), Skamakka (Krstovich, 72)

Roma: Svilar, Tsiolkovski (Uesli Vinisius, 46), Ermoso, Manchini, Kristante, Kone (Pizilli, 83), Rench (Tsimikas, 59), Zeki Chelik, Soule (El-Shaaravi, 66), Dibala, Fergyuson (Dovbik, 60)

Ogohlantirishlar: de Ron, 19 - Manchini, 43. Ermoso, 45

Manba: www.stadion.uz.