A Seriya. "Roma" 12-turdan so'ng yakka peshqadam bo'lib oldi (Turnir jadvali)

"Roma" A Seriya 12-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Jan Pero Gasperini jamoasi 27 ochko jamg'arib, 1-o'rinni egallab turibdi. 25 ochko to'plagan "Milan" va "Napoli" mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog'onalardan joy olgan.
To'rtinchi o'rinda "Inter" (24), beshinchi o'rinda "Bolonya" (24), oltinchi o'rinda "Yuventus" (20). Zaxirasida bir o'yini bor "Komo" esa 18 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Manba: www.stadion.uz.