A Seriya o'yinlarida nega kam gol uriladi?

"Napoli"ning Diego Maradona davridagi sobiq ustozi Ottavio Byanki Italiya chempionatidagi past samaradorlik haqida gapirdi. U buni A Seriyada yuqori darajadagi hujumchilarning yo'qligi bilan bog'laydi.
"Italiya chempionati anchadan beri Evropada eng yuqori mavqega ega emas. Eng yaxshi o'yinchilar boshqa chempionatlarni afzal ko'rishadi. A Seriyada yaxshi hujumchilar kam, shuning uchun ham gollar bo'yicha muammo bor," - deya Byankining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiyaning amaldagi chempioni Byankining sobiq klubi "Napoli" hisoblanadi.