Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida «Latsio» o'z maydonida «Parma» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Enriko Del Prato hisobni ochdi. Rimliklar 77-daqiqada Tidjani Noslin tomonidan kiritilgan gol evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.

«Latsio» (44 ochko) A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Shu tariqa, rimliklarning ketma-ket uchta g'alabadan iborat seriyasi yakunlandi. «Parma» esa 35 ochko bilan jadvalning 12-pog'onasidan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.