"Yuventus" A Seriya 7-turida safarda "Komo"ga imkoniyatni boy berdi - 0:2.

Gollarga Mark-Oliver Kempf va Niko Pas mualliflik qildi. Argentinalik Pas hisobida bitta golli uzatma ham bor.

"Komo" Italiya chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 5 o'yinga etkazdi - 2 g'alaba va 3 durang. 12 ochko jamg'argan Sesk Fabregas jamoasi 5-o'rinda bormoqda.

"Yuventus" A Seriyaning bu mavsumida ilk bor mag'lub bo'ldi, bungacha 3 g'alaba va 3 durang qayd etilgandi. Igor Tudor jamoasi 12 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.

A Seriya, 7-tur

19 oktyabr, yakshanba, 15:30

Komo - Yuventus - 2:0

Gollar: Kempf, 4 (1:0). Pas, 79 (2:0)

Komo: Byute, Kempf, Diegu Karlos (Ramon, 46), Smolchich (Posh, 86), Moreno (Vale, 68), Da Kunya, Kakere (Duvikas, 68), Perrone, Voyvoda, Pas, Morata (van der Brempt, 90)

Yuventus: Di Gregorio, Kambyaso (Joao Mariu, 83), Kelli, Rugani (Kostich, 83), Kalyulyu, Tyuram, Lokatelli (Vlaxovich, 77), Kopmeyners (Makkenni, 77), Kenan Yildiz, David, Konseysau

Ogohlantirishlar: Moreno, 12. Smolchich, 22. Diegu Karlos, 34 - Kelli, 10