«Napoli» Italiya A Seriyasining 35-turi doirasida safarda «Komo» bilan durang o'ynadi — 0:0.

Chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda «Napoli» (70 ochko) turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Antonio Konte shogirdlari peshqadam «Inter»dan 9 ochko ortda qolmoqda va uchinchi o'rindagi «Milan»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq har ikki raqib jamoada bittadan zaxira o'yini mavjud.

«Komo» esa 62 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida beshinchi pog'onadan joy olgan.

«KOMO» — «NAPOLI» — 0:0

«Komo»: Byute, Ramon, Diegu Karlos, Vale (Moreno, 80), Smolchich, Perrone, Da Kunya (Voyvoda, 86), Pas, Baturina (Morata, 80), Diao (Serji Roberto, 86), Duvikas (Rodriges, 80).

«Napoli»: Milinkovich-Savich, Rraxmani (Spinatstsola, 80), Buondjorno, Bekema, Maktominay, Lobotka, Guterres, Politano, De Breyne (Zambo Angissa, 60), Santos, Xeylunn.

Ogohlantirishlar: Ramon (69) — Politano (89).

Manba: www.stadion.uz.