"Milan" o'z maydonida Italiya chempionatining 3-turida "Bolonya"ni mag'lub etdi - 1:0.

Uchrashuvdagi yagona gol mezbonlar yarim himoyachisi Luka Modrich tomonidan 61-daqiqada kiritildi.

"Milan" keyingi turda "Udineze" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Bolonya" shu kuni o'z maydonida "Jenoa"ga qarshi bahs olib boradi.

Milan - Bolonya - 1:0
15.09.2025, 23:45, «Juzeppe Meatstsa»
Gol: Modrich, 61 (1:0)
Milan: Menyan (Terrachchano, 56), Pavlovich (de Vinter, 46), Gabbia, Tomori, Estupinyan, Rabo, Modrich, Fofana (Richchi, 65), Salemakers, Loftus-Chik (Pulishich, 65), Ximenes (Nkunku, 85)
Bolonya: Skorupski, Likoyannis (Miranda, 62), Lukumi, Xeggem, Zortea, Fergyuson, Froyler, Kambyagi (Rou, 74), Fabbian (Bernardeski, 63), Orsolini (Odgor, 74), Kastro (Dallinga, 83)
Ogohlantirishlar: Estupinyan, 10. Tomori, 18. Salemakers, 45 - Miranda, 73. Skorupski, 86

Manba: www.stadion.uz.