«Milan» Italiya chempionatining 33-turida safarda «Verona»dan ustun keldi — 1:0. Uchrashuv «Markantonio Bentegodi» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yindagi yagona gol 41-daqiqada Adrien Rabo tomonidan kiritildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Milan» 66 ochko jamg'ardi va Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Jamoa qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga «Napoli»ni (66 ochko) ortda qoldirdi. Italiya chempionatida «Inter» 78 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

«Verona» ketma-ket beshinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi va Seriya Ada so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi.

Kelgusi turda «Milan» 26 aprel kuni «Yuventus»ni qabul qiladi, «Verona» esa 25 aprelda «Lechche» bilan kuch sinashadi.