"Milan" mehmonda "Kremoneze"ni A Seriyaning 27-turi doirasidagi o'yinda mag'lub etdi — 2:0.

90-daqiqada mehmonlar himoyachisi Straxinya Pavlovich hisobni ochdi. Hujumchi Rafael Leau 90+4-daqiqada "Milan"ning ustunligini mustahkamladi.

"Milan" 57 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, "Kremoneze" esa 24 ochko bilan 17-pog'onadan joy olgan.

A Seriya. 27-tur
01.03.2026 | 16:30
«Jovanni Zini», Kremona

«KREMONEZE» — «MILAN» — 0:2
Gollar: Leau 90 (0:1), Pavlovich 90 (0:2).

«Kremoneze»: Audero, Byanketti (Barberi, 66), Luperto, Folino, Torsbi, Vandeputte (Grassi, 82), Male, Petstsella, Dzerbin (Terrachchano, 66), Vardi (Djurich, 66), Bonatstsoli.

«Milan»: Menyan, de Vinter, Pavlovich, Tomori (Atekame, 78), Rabo, Modrich, Fofana (Richchi, 62), Bartesagi (Estupinyan, 89), Salemakers (Fyullkrug, 62), Leau, Pulishich (Nkunku, 78).

Ogohlantirishlar: Terrachchano (76), Male (85).

Manba: www.stadion.uz.