«Milan» Italiya A Seriyasining 23-turida safarda «Bolonya»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik hisobni ochdi. 39-daqiqada Kristofer Nkunku «Milan»ning ustunligini ikkitaga oshirdi. 48-daqiqada esa Adrien Rabo hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

«Milan» (50 ochko) A Seriya turnir jadvalida peshqadam «Inter»dan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

«Bolonya» (30 ochko) ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va 10-o'rinni egallab turibdi.

Bolonya - Milan - 0:3

Gollar: Loftus-Chik, 20 (0:1). Nkunku, 39 - penaltidan (0:2). Rabo, 48 (0:3)

Bolonya: Ravalya, Xeggem, Kazale, Miranda (Likoyannis, 78), Zortea, Froyler (Moro, 65), Fergyuson, Odgor, Rou (Kambyagi, 78), Orsolini (Bernardeski, 53), Kastro (Dallinga, 54)

Milan: Menyan, Gabbia, Pavlovich, de Vinter, Rabo, Modrich (Yashari, 72), Fofana, Bartesagi (Estupinyan, 83), Atekame (Tomori, 67), Loftus-Chik (Richchi, 67), Nkunku (Fyullkrug, 72)

Ogohlantirishlar: Ravalya, 51. Froyler, 58. Fergyuson, 64

Manba: www.stadion.uz.