Italiya A seriyasining 18-turidan o'rin olgan «Kalyari» — «Milan» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv Kalyari shahridagi «Unipol Domus» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yagona gol ikkinchi bo'limda urilib, «Milan» 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 50-daqiqada milanliklar hujumchisi Rafael Leau raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ushbu natijadan so'ng «Kalyari» 18 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida qoldi. «Milan» esa 38 ochko to'plab, chempionat peshqadamiga aylandi.

Keyingi turda «Kalyari» 8 yanvar kuni safarda «Kremoneze»ga qarshi o'ynaydi. «Milan» esa shu kuni o'z maydonida «Jenoa»ni qabul qiladi.

Italiya — A Seriyasi, 18-tur
2026 yil 2 yanvar. Kalyari. «Unipol Domus»
Kalyari — Milan - 0:1 (0:0)
Gollar: 0:1 — Rafael Leau (50)

Manba: stadion.uz