"Milan" Italiya chempionatining 21-turida o'z maydonida "Lechche"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona gol 76-daqiqada germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug tomonidan kiritildi. U "qizil-qoralar" uchun debyut to'pini kiritdi. Hujumchi "Milan"da "Vest Xem"dan ijara asosida o'ynamoqda.

"Lechche" ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va 21 o'yindan keyin 17 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda. "Milan" 21 uchrashuvdan keyin 45 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda "Lechche" 24 yanvar kuni "Latsio"ni qabul qiladi, "Milan" 25 yanvar kuni "Roma" mehmoni bo'ladi.

Milan - Lechche - 1:0

Gol: Fyullkrug, 76 (1:0)

Milan: Menyan, Gabbia, de Vinter, Tomori, Richchi (Loftus-Chik, 73), Rabo, Yashari (Modrich, 87), Estupinyan, Salemakers (Atekame, 80), Leau (Nkunku, 87), Pulishich (Fyullkrug, 72)

Lechche: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo (N`Dri, 84), Ndaba, Ramadani (Male, 85), Kulibali, Gandelman, Perotti, Sottil (Banda, 54), Shtulich (Tete Morente, 68)

Ogohlantirishlar: de Vinter, 21 - Ramadani, 84

Manba: www.stadion.uz.