Italiya chempionatining 26-turida "Parma" safarda "Milan" mehmoni bo'ldi va kutilmaganda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin taqdirini 80-daqiqada Mariana Troilo tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.

"Parma" bu g'alaba evaziga 32 ochko bilan 12-o'ringa ko'tarildi. "Milan" 54 ochko bilan 2-pog'onada. Peshqadam "Inter" bilan farq 10 ochkoga etdi.

A Seriya. 26-tur
22.02.2026 | 22:00
«Juzeppe Meatstsa», Milan

«MILAN» — «PARMA» — 0:1

Gollar: Troilo 80’ (0:1).

«Milan»: Menyan, Bartesagi, de Vinter, Tomori (Atekame, 85), Estupinyan (Pavlovich, 62), Rabo, Modrich, Loftus-Chik (Yashari, 11, Nkunku, 85), Salemakers, Leau, Pulishich (Fyullkrug, 62).

«Parma»: Korvi, Valenti, Troilo, Del Prato, Valeri, Ordones (Serensen, 59), Keyta, Bernabe (Nikolussi Kavilya, 60), Brichgi, Strefetstsa (Ondreyka, 76), Pelegrino.

Ogohlantirishlar: Salemakers (32), Leau (52) — Troilo (48).

Manba: www.stadion.uz.