«Milan» o'z maydonida Italiya chempionatining 38-turi doirasida «Kalyari»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar futbolchisi Aleksis Salemakers ochgan bo'lsa-da (2-daqiqa), mehmonlar Djennaro Borrelli (20-daqiqa) va Xuan Rodrigesning (57-daqiqa) gollari evaziga irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng 70 ochko bilan qolgan «Milan» turnir jadvalida 5-o'ringa tushib ketdi va Chempionlar ligasi yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi. Kelgusi mavsumda «rossonerilar» Evropa ligasida ishtirok etishadi. «Kalyari» esa 43 ochko bilan mavsumni 14-pog'onada yakunladi.

«MILAN» — «KAL'YaRI» — 1:2
Gollar: Aleksis Salemakers 2 (1:0), Djennaro Borrelli 20 (1:1), Xuan Rodriges 57 (1:2).
«Milan»: Menyan, Gabbia, Pavlovich, Tomori (Atekame, 61), Rabo, Fofana (Leau, 68), Yashari (Modrich, 62), Bartesagi, Salemakers, Ximenes (Pulishich, 46), Nkunku (Fyullkrug, 61).
«Kalyari»: Kaprile, Mina, Rodriges (Dossena, 62), Ze Pedru (Palestra, 63), Adopo, Gaetano, Deyola (Sulemana, 74), Obert, Dzappa, Borrelli (Mendi, 74), Espozito (Felichi, 90+5).
Ogohlantirishlar: Pavlovich (56), Menyan (58) — Ze Pedru (2), Sulemana (90).

Manba: www.stadion.uz.