«Milan» A Seriyaning 37-turi doirasida safarda «Jenoa» jamoasini mag'lub etdi — 2:1.

Mehmonlar tarkibida Kristofer Nkunku penaltidan (50-daqiqa) va Zakari Atekame (81-daqiqa) gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Maydon egalarining yagona javob to'pini esa Yoxan Vaskes (86-daqiqa) kiritdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Milan» o'z ochkolarini 70 taga etkazib, Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Jenoa» esa 41 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

«JENOA» — «MILAN» — 1:2

Gollar: Kristofer Nkunku 50-pen (0:1), Zakari Atekame 81 (0:2), Yoxan Vaskes 86 (1:2).

«Jenoa»: Beylo, Markandalli, Otoa, Vaskes, Ellertsson, Amorim (Martin, 90), Malinovskiy, Frendrup, Baldantsi (Exator, 64), Vitinya, Kolombo (Ekuban, 85).

«Milan»: Menyan, Gabbia, Pavlovich, Tomori (de Vinter, 76), Rabo, Fofana (Richchi, 68), Yashari (Loftus-Chik, 85), Bartesagi, Atekame, Ximenes (Fyullkrug, 68), Nkunku (Pulishich, 76).

Ogohlantirishlar: Beylo (48), Vitinya (63) — Gabbia (63), Tomori (72), Richchi (86).