Italiya A Seriyasining 34-turi doirasida Rimning «Roma» klubi «Bolonya» mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuv taqdiri birinchi bo'limning o'zidayoq hal qilindi. 7-daqiqada Doniell Malen hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Neyl El-Aynaui mehmonlarning ikkinchi golini urdi — 2:0. E'tiborli jihati, har ikki futbolchi ham gol urishdan tashqari, bir-birlariga golli uzatma ham etkazib berishdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng «Roma» o'z ochkolarini 61 taga etkazib, turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. «Bolonya» esa 48 ochko bilan 8-pog'onada bormoqda.

«BOLON'Ya» — «ROMA» — 0:2

Gollar: Doniell Malen 7 (0:1), Neyl El-Aynaui 45 (0:2).

«Bolonya»: Ravalya, Lukumi, Xeggem, Xellann (Vitik, 77), Froyler, Fergyuson, Miranda (Zortea, 46), Joao Mariu (De Silvestri, 66), Orsolini (Kambyagi, 77), Rou, Kastro (Odgor, 46).

«Roma»: Svilar, N`Dika, Ermoso (Gilardi, 61), Manchini, Kristante, El-Aynaui, Uesli Vinisius, Zeki Chelik (Rench, 46), Soule (Vaz, 61), Pizilli (Tsiolkovski, 90), Malen (Dibala, 77).

Ogohlantirishlar: Ermoso (46), Rench (66), El-Aynaui (69).

Manba: www.stadion.uz.