"Latsio" Italiya A Seriyasining 17-turida "Udineze" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

O'yinning 80-daqiqasida hisobni mehmonlar yarim himoyachisi Matias Vesino ochdi. Mezbonlar 90+5-daqiqada Kinon Devisning goli evaziga javob qaytardi.

Rimliklar ochkolarini 24taga etkazib, A Seriyada sakkizinchi o'rinda bormoqda. "Udineze" 22 ochko bilan turnir jadvalida o'ninchi o'ringa ko'tarildi.

Udineze - Latsio - 1:1

27 dekabr, 22:00. Bluenergy Stadium (Udine)

Gollar: Vesino, 80 (0:1). Devis, 90+5 (1:1)

Udineze: Padelli, Kristensen, Kabasele (Palma, 87), Sole, Chelstrem (Miller, 87), Petrovski, Ekkelenkamp, Bertola (Kamara, 66), Dzanoli (Buksa, 87), Devis, Dzanolo

Latsio: Provedel, Romanoli, Xila (Provstgor, 88), Pellegrini (Latstsari, 88), Marushich, Kataldi, Belayan, Vesino, Dzakkani, Kancheleri (Isaksen, 81), Noslin (Kastelyanos, 74)

Ogohlantirishlar: Dzanolo, 13. Kabasele, 51. Chelstrem, 77 - Kataldi, 14. Kancheleri, 40. Pellegrini, 84. Vesino, 89

Manba: www.stadion.uz.