Italiya chempionatining 14-turida "Latsio" o'z maydonida "Bolonya" bilan durang o'ynadi - 1:1.

Mezbonlarning goliga 38-daqiqada Gustav Isaksen mualliflik qildi. Oradan ikki daqiqa o'tib mehmonlar safida Yens Odgor hisobni tenglashtirdi.

Rimliklar 79-daqiqada ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olgan Mario Gilaning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo'lib qoldi.

"Latsio" ochkolarini 19taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. "Bolonya" 25 ochko bilan 5-pog'onadan joy olgan.

A Seriya. 14-tur

7 dekabr, 22:00. «Olimpiko» (Rim)

Latsio - Bolonya - 1:1

Gollar: Isaksen, 38 (1:0). Odgor, 40 (1:1)

Latsio: Provedel, Romanoli, Xila, Nunu Tavaresh (Latstsari, 46), Marushich, Kataldi (Dele-Bashiru, 76), Bashich (Gabarron, 80), Genduzi, Dzakkani, Isaksen (Kancheleri, 46), Kastelyanos (Noslin, 59)

Bolonya: Ravalya, Xeggem, Kazale (De Silvestri, 39), Miranda, Zortea, Pobega, Moro (Bernardeski, 64), Odgor, Kambyagi (Fergyuson, 64), Orsolini (Rou, 64), Kastro (Dallinga, 84)

Ogohlantirishlar: Nunu Tavaresh, 20. Latstsari, 67. Xila, 78 - Moro, 30. Kambyagi, 49. Miranda, 84

Chetlatish: Xila, 79 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: www.stadion.uz.