"Komo" Italiya chempionatining 22-turida o'z maydonida "Torino"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 6:0.

"Komo" ochkolarini 40taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. "Torino" qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. "Buqalar" 23 ochko bilan 14-pog'onadan joy olgan.

Komo - Torino - 6:0

Gollar: Duvikas, 8 (1:0). Baturina, 16 (2:0). Da Kunya, 59 - penaltidan (3:0). Duvikas, 66 (4:0). Kyun, 70 (5:0). Kakere, 76 (6:0)

Komo: Byute, Vale, Ramon, Kempf, Voyvoda, Da Kunya, Perrone (Serji Roberto, 68), Baturina (Kakere, 68), Pas (Smolchich, 73), Rodriges (Kyun, 67), Duvikas (Moreno, 73)

Torino: Paleari, Koko, Ismayli (Maripan, 21), Tamez (Obrador, 67), Lazaro, Kazadei, Emirxan Ilxan (Andjorin, 67), Pedersen, Vlashich, Adams, Ngonge (Sapata, 67)

Ogohlantirishlar: Pedersen, 17