Italiya chempionatida 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

“Fiorentina” o'z maydonida “Komo”ga qarshi o'ynadi. Bellashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g'aladasi bilan yakunlandi.

Ushbu natijadan so'ng Sesk Fabregas jamoasi 7 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Florentsiya klubi esa 2 ochko to'plagan holda 17-o'rinda.

A Seriya. 4-tur

«Fiorentina» — «Komo» 1:2

Gollar: Mandragora (6) — Kempf (65), Addai (90+4).